<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Kim Iraida</author>
<title>Rabbim qutqar Uzbekistan</title>
<lyrics>[V1]
 Baland togʻlar ila paxtazorlar aro
 Xalqim yashar mening koʻzlari qaro
 Sayrar mudom qushlar, oqadi daryolar
 Yashnaydi bogʻlari, chamanzoru gullar

[C1]
   Rabbim iltijoim!
   Asra mening xalqim!
   Qalbi quyosh elim, Oʻzbekistonni!
   Yovuzlikdan asra,
   Xalqim marhamatla,
   Qalbi quyosh elim, Oʻzbekistonni!

[V2]
 Quyoshi va suvi joʻr boʻlib kuylaydi
 Tarvuzu qovunlar, bozori qaynaydi
 Bu yerda hammani &quot;opam - inim&quot; derlar,
 Somsayu osh bilan siylashar qoʻshnilar

[V3]
 Har bir shaharlarda boʻlsin sajdagohing,
 Har bir millat uchun boʻlsin panogohing,
 Har bir uyda Sening, porlab tursin Nuring,
 Dillarda uygʻonsin pok Muqaddas Ruhing!!</lyrics>
</song>